Resurslar

Ushbu sahifada siz Boshqaruv, Yetakchilik, Xodimlarni boshqarish, Strategik rejalashtirish va Muomala qilish qobiliyati mavzulari bo‘yicha qiziqarli maqolalar va foydali manbalarni topishingiz mumkin. Maqolalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalaringizni yozib qoldirish uchun yuqorida safimizga qo‘shiling.

1-dekabr OITSga qarshi xalqaro kurash kuni hisoblanadi. Ushbu kunda jahon bo‘ylab bunday qo‘rqinchli kasallik tufayli vafot etgan qariyb 39 million kishi va ularning ortida qolgan yaqinlarini yodga olamiz. Biz OIV virusi bilan og‘rigan o‘n millionlab odamlarning og‘riqlariga e’tibor qaratamiz. OITS shunday bir qotilki, u na jins, na irq, na millat va na chegara biladi. Ilk bor 1981-yili aniqlanganidan buyon, u dunyodagi har bir mamlakatni chuqur qayg‘uga botirib, yo‘qotishlarga olib keldi.

Jinsiy tenglik, ayollar huquqi, erkak va ayollar tengligi degan tushunchalar tez-tez qulog’imizga chalinadi.

Senator Gavhar Olimovaga ko’ra, O’zbekistonda bugun taxminan 9500 nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon NNT) faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda NNTlarning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan 250 dan ortiq qonun hujjatlaridan iborat huquqiy baza yaratilganligi aytiladi. Afsuski, yuqoridagi raqamlarga qaramasdan, NNTlar faol va samarali faoliyat ko’rsatayotganini ko’rmayapmiz.

Tanlov maqsadi siz yashab turgan, ishlayotgan yoki siz yaxshi bilgan muhitda aholining (ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bor shaxslar va/yoki boshqa zaif qatlamlarining) ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilgan eng yaxshi innovatsion, ijodiy, jamoatchilikni jalb qila oladigan va davomiy ta'sirga ega bo’lgan yechimlar hamda g’oyalarni aniqlash.

Ўзбекистонда кўнгиллилик (волонтёрлик) ҳақида гап кетса, аксарият амалдору мутахассислар “бу бизга бегона эмас, ўзаро ёрдам кўрсатиш, ҳашарлар ўтказиш қонимизда бор”, дейишади. Қайсидир маънода тўғри ҳам. Чунки миллий менталитет, қолаверса, жамоавий турмуш ва ахлоқий тарбиянинг таъсиридан бўлса керак, одамларимиз, ҳақиқатанам ҳам, беғараз ёрдам қўлини чўзишга ошиқади.
 

Ziddiyatlarni hal qilish san’ati bo’yicha tushuncha berishga Sahar maktabi kurslaridagi yuritilgan munozaralar, kurs forumlari, ijtimoiy tarmoqlardagi bahslar va eng muhimi Sahar maktabi o’tkazgan blogerlar tanlovi jarayonida kuzatilgan voqealar turtki bo’ldi.

Pages