Kurslar

Sahar Maktabida o‘qitish jarayoni zamonaviy masofaviy o‘qitish usulida olib boriladi. Kurslar xalqaro standartlar asosida yaratilgan va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgandir. Kurslar ishtirokchilarning yetakchilik va boshqarish, shu bilan birga, loyihalarni tuzish va samarali amalga oshirish qobiliyatlarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Kurslarimiz barchaga bepul. Kurslarga yozilish uchun oldin saytga yoziling va undan so‘ng pastdagi Ariza shaklini to‘ldiring.

Kursning asosiy maqsadi blogerlikka qiziqadigan, ijtimoiy hayotda faol bo’lgan yoshlarga shu sohada zarur nazariy va amaliy bilimlar berib, ularning onlayn media faoliyatini o’zlari va keng jamoatchilik uchun yanada foydali bo’lishini ta’minlash.

Ariza muddati:
Arizalar doimiy ravishda qabul qilinadi
Kursning boshlanish kuni:
Keyinroq bildiriladi